O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasida Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev aholining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabul aholi bilan samimiy muloqat tarzida kechdi.
Qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov, tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassalar rahbarlari ham ishtirok etib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish chora-tadbirlari izlandi.
Samimiy muloqat tarzida kechgan qabulda aholi tomonidan elektr energiya ta’minoti, bandlikni ta’minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bolalar uchun nafaqa tayinlash va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi qabulda ishtirok etgan tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.