Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi. Ko‘p xollarda qarzdor kredit bo‘yicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.
Byuroning Forish tuman bo‘limi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning boshidan 445 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 40 mlrd. so‘m qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha jami 14 ta 10,1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 7 ta 6,1 mlrd. so‘mlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
Abduhakim Tajiboev,
Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi davlat ijrochisi.