Forish tumani 4-sektor hududidagi “Uchquloch” mahallasida Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov, Jizzax viloyat prokuraturasi, milliy gvardiya boshqarmasi mas’ullari, Aydar – Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi rahbarlari, viloyat ekologiya boshqarmasi vakillari hamda tumandagi 4 ta sektor rahbarlarining aholi murojaati bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda mahalla aholisining bildirgan murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi. Aholining fikr-mulohazalari, taklif istaklari tinglandi.
Uchrashuvda aholi murojaati tegishli mas’ullar tomonidan hal etilib, ularga huquqiy tushuncha va tavsiyalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.