O‘zXDP Forish tuman kengashi deputati Ra’no Daulanova tomonidan “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 3–sonli “Boychechak” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish maqsadida “Xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish oyligi” doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida xodimlarning mehnat qilishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi, ularga xotin-qizlarni jamiyatdagi faolligini oshirish uchun olib borilayotgan keng qamrovli islohatlar haqida tushunchalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.