Forish tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari tomonidan har hafta aholi qabullari o‘tkazilib, unda aholi muammolari tinglanmoqda va ularni tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirokida hal etish yo‘llari izlanmoqda.
Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev aholi muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan navbatdagi aholi qabulini o‘tkazdi. Qabul aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechdi.
Aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minotini yaxshilash va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati qabulda ishtirok etgan korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari tomonidan joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, muddat va vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga ko‘rib chiqish va ijro etish uchun topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.