Respublika ishchi guruhi 2- va 3-sektor mas’ullari bilan birgalikda Forish tumani aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish tadbirlarini davom ettirmoqda.
Xususan, aholining yetkazib berilayotgan elektr energiyasi kuchlanishining pasayib ketishi to‘g‘risidagi murojaat Jizzax viloyati hududiy va Forish tuman elektr tarmoqlari korxonalari mutaxassislari bilan birgalikda Porasht va Otaqo‘rg‘on qishloqlarida o‘rganildi.
Ushbu hududlardagi elektr energiyasi taqsimlovchi 35/10 kVli "Forish" elektr stansiyasi, elektr uzatish tarmoqlari, transformatorlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra elektr tarmoqlar hamda transformatorlardagi nosozliklarni muntazam tekshirib, ta’mirlab borish, iste’molchilarni belgilangan me’yorda va kuchlanishdagi elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.