Respublika ishchi guruhi tomonidan Forish tumanida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xususan, ishchi guruh 2- va 3-sektor vakillari bilan 3-sektor hududidagi “Oqtepa” mahallasining namunaviy uylar joylashgan Tutak massivida qurilayotgan yangi 330 o‘rinli umumtalim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, pudratchi tashkilotga qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishini ta’minlash, mutasaddi tashkilotlarga ob’ekt qurilishi uchun o‘z vaqtida qurilish materiallarini yetkazib berish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.