Hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholi bandligini ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlashni kuchaytirish barcha darajadagi katta-kichik rahbarlar faoliyatining ajralmas qismiga aylangan.
Forish tumanida bu borada maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, respublika ishchi guruhi faoliyat olib borayotgani zamirida ham ana shu ezgu maqsad mujassam.
Forish tuman hokimligida respublika ishchi guruhi a’zolari, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari “yettiligi” hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida har bir yo‘nalish bo‘yicha vazifalar belgilab olingan bo‘lib, kunlik amalga oshirilayotgan ishlar muvofiqlashtirib borilayapti.
Faoliyati sektorlar kesimida davom ettirilib, hududlarga chiqqan holda aholi talab va takliflari asosida mavjud muammoli masalalarni hal etish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.