Ayni kunlarda respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Forish tumanida aholi muammolari o‘rganilib, ularga yechim topish choralari ko‘rilyapti.
Bunda kommunal sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda 2024 – 2025 kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan, “Forishtumangaz” ta’minoti filiali xodimlari tomonidan tumanning tabiiy gaz tarmog‘i yetib borgan mahallalarida yuqori va past bosimli tabiiy gaz tarmoqlari hamda gaz taqsimlash punktlarini birma-bir ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilayapti.
Tabiiy gaz tarmoqlarini tartibga keltirish, bo‘yash ishlari peshma-pesh amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun ta’mirlash brigadalariga yetarli ishchi kuchi va texnika vositalari ajratilgan.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.