Forish tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-215-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat tibbiyot muassasalari va Forish tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikda terapevt va mutaxassislar, travmatolog, oftalmolog, onkolog, endokrinolog, kardiolog, akusher ginekolog mutaxassislari ishtirok etishib, aholi salomatligini ko‘zdan kechirishdi.
Tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarga ambulator va statsionar tartibda davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.