Azal-azaldan ona zamin bitmas-tuganmas xazina sifatida ulug‘lanib kelingan. Hozirgi kecha kunduzda esa tomorqani rivojlantirishga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda.
Forish tumani “Oqtepa” mahallasi To‘qay qishlog‘i aholisi ham shaxsiy ekin maydonlaridan mo‘l va sifatli hosil olish borasida katta tajriba to‘plagan.
“Oqtepa” mahallasi To‘qay qishlog‘ida yashovchi Normat Ro‘ziqulov tomorqasida issiqxona tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish maqsadida bankdan 33 million so‘m kredit mablag‘i olib, tomorqasida issiqxona tashkil etdi.
Shu bilan birga tomorqasida boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ydi.
Bugungi kunda Normat Ro‘ziqulov har oyda issiqxona va tomorqadan 12 million so‘mgacha daromad olmoqda.
Normat Ro‘ziqulov oilada chorvachilikni rivojlantirishga ham bel bog‘lagan. Shu maqsadda unga bankdan chorvachilik yo‘nalishida 15 million so‘m kredit mablag‘i ajratib berildi.
Respublika ishchi guruhi a’zolari Normat Ro‘ziqulov xonadonida bo‘lishib, uning tomorqada amalga oshirayotgan ishlariga yuqori baho berishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.