Jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri korrupsiyadir. Insoniyatni tashvishga solayotgan ushbu ijtimoiy illat, ya’ni korrupsiya inson huquqlarining buzilishiga, hayot sifatining yomonlashuviga olib keladi. Shu sababli unga qarshi kurashish barchaning oldida turgan dolzarb vazifadir.
Forish tumani ichki ishlar bo‘limida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” doirasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati ayni shu masalaga bag‘ishlandi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, jamiyatning barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘z oldilariga jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi tinchlik osoyishtaligini saqlash va jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashishdek vazifani ado etayotgan ichki ishlar bo‘limi xodimlari bu illatni oldini olishda hamjihatlik bilan ish olib borishlari lozim bo‘ladi.
Davra suhbati davomida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Tadbir nihoyasida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan videorolik namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.