Forish tumanidagi “Darvoza” mahallasi tumanning eng uzoq va chekka mahallasi bo‘lib, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh.
“Darvoza” mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov, Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshevlar sayyor qabul o‘tkazishdi. Qabulda “mahalla yettiligi” va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida fuqarolardan mehnat munosabatlari, bandlik, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator murojaatlar bo‘ldi.
Qabul davomida aholi murojaatlari atroflicha tinglanib, ularni hal etish choralari izlandi.
Shuningdek, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev tomonidan qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.