Bugungi globallashuv davrida butun yer yuzida insonlar sog‘ligi, davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti va rivojlanishiga turli xavf-xatarlar rahna solib kelmoqda.
Turli epidemiyalar, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, giyohvandlik, psixotrop dori vositalari, qurol-yarog‘larning kontrabandasi, davlatlar o‘rtasidagi turli ziddiyatlar, urushlar va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Xuddi shular qatorida jamiyat va davlat rivojlanishiga “korrupsiya” degan illat ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.
Afsuski, korrupsion holatlar Respublikamizdagi barcha sohalarda ham uchrab turibdi. Unga qarshi kurashish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi talablariga ko‘ra vazirlik va idoralar hamda ularning quyi tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi jamoasi o‘rtasida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni, 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorlarining ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tuman o‘rmon xo‘jaligining barcha ishchi-xodimlariga korrupsiya, davlat mulkini talon-taroj qilish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, oldini olish va mazkur yo‘nalishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan doimiy hamkorlik qilish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Latif MALIKOV,
Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi direktorining chegara, tartib va kadrlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.