Xitoylik ishbilarmonlar bilan viloyatimiz tadbirkorlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash hamda mazkur davlatdagi ilg‘or texnologiyalarni olib kirish yo‘li bilan aholi turmush sharoitini yaxshilash, viloyatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev boshchiligida 25 ga yaqin mutasaddi va tadbirkorlar mazkur davlatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Delegatsiya tarkibida Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev ham ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida O‘zbekiston elchixonasida Forum bo‘lib o‘tdi. Forumni tashkillashtirishda elchixona vakillari va Huahe International Business services kompaniyasi vakillari tashabbuskor bo‘lishdi.
Tadbirning asosiy qismida bitimlar imzolash o‘tkazildi. Unda Forish tumani bilan Yangi Tunchan tumanining boshqaruv komiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.