Jizzax viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polokovnik Ravshan Ibragimov Forish tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, maktab o‘quvchilari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i so‘zga chiqib, o‘z so‘zida dastlabki xizmat kunlaridan rahbarlik lavozimiga tayinlangunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida boshdan kechirganlari, xizmat mashaqqatlari, hayot qiyinchiliklari, shuningdek, erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari haqida yoshlarga so‘zlab berib, o‘quvchi yoshlarning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, tadbir yakunida o‘quvchi yoshlarga zamonaviy maxsus texnikalar va yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlari namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.