Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi masalalar bugunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan.
Bu borada yurtimizda tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari Akmal Savurbayev boshchiligidagi ishchi guruh Forish tumanida istiqomat qiluvchi yoshlarni otaliqqa olgan masʼullar bilan muloqot oʻtkazdi.
Mazkur jarayonda taʼlim sifatini oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʻqitish, turli koʻrik-tanlov va musobaqalar tashkil etish, faol yoshlarni ragʻbatlantirish, “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”ga oid davlat dasturini hayotga tatbiq etish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻz navbatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil qilinib, nuqsonlarni bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.