Pensiya jamg‘armasi Forish tuman bo‘limi xodimlari o‘rtasida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Undan ko‘zlangan maqsad Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik.
Tadbirda “Bog‘don” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori Orif Qarshiboyev korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari korrupsiya holatiga yo‘l qo‘ygan davlat xizmatchilariga ko‘riladigan choralar xaqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaat qilishib tegishli javob olishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.