Forish tumani 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallada Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon dasturi doirasida mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Amir Temur nomli mahallada joylashgan 5-umumta’lim maktab sport zalida Forish tuman hokimi Ikrom Matiev rahbarligida mahallada Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bu borada mutasaddi tashkilotlar oldida turgan vazifalar belgilab berildi.
Belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish xonadonlarda tomorqachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, har bir xonadonda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, xonadonlarda xizmat ko‘rsatish, parrandachilik, hunarmandchilik, qo‘ychilik sohalarini yo‘lga qo‘yish orqali aholi daromadini oshirish, bandligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.