Mamlakatimizda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi hamda Prezidentimizning tashabbuslari asosida yosh avlodni tarbiyalashda “ustoz-shogird” an’anasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularning orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan farmoyishga muvofiq, "Uch avlod maslahat kengashining IV respublika konferensiyasi" tashkil etilganligi munosabati bilan tumanimizda ichki ishlar organlari faxriylari va yosh xodimlar, tumanimizning faol yoshlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uch avlod uchrashuvida Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, ichki ishlar organlari faxriylari ishtirok etib, keksalar tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi ekanligi, ayniqsa ularning pandu-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa jamiyatni oldinga eltuvchi katta kuchga aylanishi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Uchrashuv davomida tumanimizda sport musoboqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar, ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xodimlar va faxriy mehmonlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir so‘ngida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.