Buxoro shahrida zardo‘zlik festivalining 2-mavsumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli festivalda Forish tumani Oybek nomli mahallada yashovchi mohir hunarmand zardo‘z Laylo Ilhomova ham ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro zardo‘zlik festivalida dunyoning 70 ta davlatidan zardo‘z hunarmandlar o‘z zardo‘zlik va hunarmandlik mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Festival yuqori saviyada o‘tdi Unda ishtirok etgan har bir davlat hunarmand zardo‘zlari o‘zlarining milliy zardo‘zlik mahsulotlari taqinchoqlari, hunarmandlilik mahsulotlarini namoyish etishdi.
Forish tumanida Laylo Ilhomovani mohir zardo‘z hunarmand sifatida yaxshi bilishadi. Laylo Ilhomova ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalar va festivallarda ishtirok etib, o‘zbek milliy zardo‘zlik va hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etib yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
Uning zardo‘zlik va hunarmandchilik mahsulotlarini xorijlik sayyohlar katta qiziqish bilan xarid qilishmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.