Forish tuman hokimi 1-sektor hududidagi takroriy murojaat qilayotgan fuqarolar masalalarini tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida ijobiy xal qilish maqsadida yigʻilish oʻtkazdi.
Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov aholi muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan navbatdagi aholi qabulini o‘tkazdi. Qabul aholi bilan yuzma-yuz muloqot tarzida kechdi.
Aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, bankdan kredit olishda yordam, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, pensiya tayinlash, subsidiya ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan 28 ta murojaat bo`lgan bo`lsa, bildirilgan murojaatlarning hal etish bo`yicha qabulda ishtirok etgan korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari xuquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.