Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bandligini ta’minlash, dehqonchilik bilan shug‘ullanib, daromad topishlari uchun 20 nafar yoshlarga 1 gektardan 20 gektar yer ajratib berilgandi.
Yerga ega bo‘lgan yoshlar tuman hokimi Ikrom Matiyev bilan bo‘lgan uchrashuvda quduqdan suv chiqarish, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun ajratilgan yer yaqiniga qo‘shimcha transformator ajratib berishni so‘rab murojaat qilishgan edi.
Yoshlarning tuman hokimiga transformator o‘rnatishda yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etilib, Forish tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan transformator o‘rnatib berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.