Forish tumanida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida “mahalla yettiligi” va Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Gulnoz Ikromova “Oqtom” “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda uyma-uy yurish orqali aholi bilan muloqot qildi. Muloqot davomida aholi muammolari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, tomorqadan samarali foydalanish, ko‘proq daromad topish, obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Bundan tashqari aholi bilan muloqot davomida mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumotlar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.