Forish tuman Adliya bo‘limi tomonidan “Bog‘don” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 30-son madaniyat markazida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbirida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyatini ham aholiga izohlab bermoqda.
Unda iste’molchilarni yoqilg‘i energetika mahsulotlari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i energetika resurslari narxlari shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish ko‘zda tutilgani haqida ham aholiga ma’lumotlar berilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.