Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-aprelda “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153-son qarori ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tumanning “Qizilqum” mahallasida 20 nafar yoshlar daromadini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida 20 gektar yer maydoni auksion orqali ajratib berilgan.
Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev va tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sanjar Hafizov “Qizilqum” mahallasida bo‘lishib, yerga ega bo‘lgan yoshlar bilan uchrashishdi. Yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Yerga ega bo‘lgan yoshlar elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilishgandi. Ular muammosi tegishli mutasaddilar tomonidan joyida hal etildi.
Shuningdek, yerga ega bo‘lgan yoshlarga har tomonlama ko‘mak berish uchun mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.