Forish tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Muloqotda Forish tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Ixtiyor Norbekov ma’lumot berdi.
Jumladan, tumanda 17 500 nafar jismoniy va 611 nafar yuridik iste’molchilar mavjud. Forish tuman elektr tarmoqlari korxonasi bugungi kunda 13021 km. elektr havo tarmoqlari va 379 ta transformator punktlariga xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi “2023 – 2025-yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingandan keyin tumanda aholini elektr energiya ta’minotini yaxshilash borasida bir muncha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Jumladan, hududiy elektr tarmoqlari aksionerlik jamiyati mablag‘lari hisobidan ayni kunda tumandagi Amir Temur nomli, “O‘xum”, “Garasha”, “Uchquloch”, “Qo‘lba” mahallalarida elektr havo tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Muloqot davomida aholini elektr energiya ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan barcha ishlar yuzasidan ma’lumot berildi hamda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.