Forish tumani “O‘xum” mahallasi Mo‘lali qishlog‘ida yashovchi Qahhor Isayev oilasi tomorqadan samarali foydalanib, yaxshigina daromad olayotgan oilalardan biri.
Oila a’zolari AT “Agrobank” Forish tuman filialidan 32 million so‘m kredit olib, tomorqasida issiqxonalar tashkil etishdi. Kredit mablag‘i ajratilishida mahalla hokim yordamchisi Farruh Shomurodov har tomonlama yordam berdi.
Bu ishga oilaning Namangandan kelin bo‘lib tushgan kelini bosh-qosh bo‘ldi.
Oila a’zolari issiqxonaga 600 tup bodring ko‘chatlari ekib parvarishlashdi. Ayni kunda issiqxonada yetishtirilgan bodring hosili tayyor holga kelgan. Oila a’zolari har bir tup bodring ko‘chatidan 4 kilogrammdan hosil olishni mo‘ljallab turishibdi.
Oila a’zolari yetishtirilgan bodring hosilini yig‘ishtirib bo‘lgach, o‘rniga pomidor ko‘chatlari ekib, noyabr oyidan boshlab bozorga chiqarishmoqchi.
Izlanib, intilib, mehnat qilgan odam hech qachon kam bo‘lmasligini o‘xumlik Qahhor Isayev oilasi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.