Мa’lumki, jamiyatimiz taraqqiyotida barcha urf-odat, qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan mahallaning o‘rni beqiyosdir. Zero, mahalla obod ekan, yurtimiz ham farovonlashib boraveradi.
Shundan kelib chiqib, keyingi yillarda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar doiraisda mahallani har jihatdan rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan hududlarda «mahalla yettiligi» tashkil etilib, ularning vazifalari aniq belgilab berildi.
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining 25 nafar deputatlari 25 ta mahallalarga biriktirib chiqildi. Ayni paytda «mahalla yettiligi» va Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlarining o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Hamkorlik doirasida aholi bandligini ta’minlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning muammolarini tezkorlik bilan hal qilish hamda mahallalarni obodonlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan tashqari «mahalla yettiligi» bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari xonadonlarni birma-bir ko‘zdan kechirib, yaratilgan ish o‘rinlari va xotin-qizlar bandligini ta’minlash yuzasidan ham hamkorlikda ish olib borayapti.
Shuningdek, deputatlar mahallalarda bo‘lgan vaqtlarda qabul qilinayotgan yangi qonunlar, farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan ham nazorat ishlari olib borishayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.