Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 401-sonli qarorining 3-ilova 39-bandi ijrosini ta’minlash hamda 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda 19 ta oilalar oilalarda birdamlik va totuvlikni targ‘ib qilishib, “Bu mening oilam”, “Oila muqaddas qo‘rg‘on” va “Kichik vatanim – oilam” kabi shartlar asosida bellashdilar.
Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni “Oqtom” mahallasidan Mirolim Ikromov oilasi, ikkinchi o‘rinni Oybek nomli mahalladan A’zam Mustafoyev oilasi, uchinchi o‘rinni Amir Temur nomli mahalladan Zaynur Dovilov oilasi egalladi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.