Aholining og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish bugungi kunda har bir katta kichik rahbar va korxona, tashkilot, muassasaning oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Muhtaram Prezidentimiz ham bu borada har bir rahbarga alohida talab qo‘yib, xalqni rozi qilish, unga xizmat qilib, muammolarini hal qilish lozimligini ta’kidlab kelmoqda.
Forish tuman Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari ham aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish maqsadida tumanning eng uzoq va chekka mahallalariga borib, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishmoqda.
Ana shunday sayyor davlat xizmatlarining navbatdagisi Forish tumanining eng uzoq va chekka mahallasi bo‘lgan 2-sektor hududidagi Musoqul Orolov nomli mahallada tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida aholiga o’n beshdan turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.