Forish tumanida tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha Respublika ishchi guruhi rahbariyati tomonidan tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unga tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari yettiligi, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Forish tumani ishchi guruhi a’zolari, mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, mahalla raislari taklif etildi.
O‘quv-seminarni tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov kirish so‘zi bilan ochdi.
O‘quv-seminarda so‘zga chiqqanlar tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tizimli ravishda ular muammolarini o‘rganib borish, bu boradagi muammo va dolzarb vazifalar haqida fikr mulohazalar bildirishdi.
O‘quv-seminar savol-javob va munozaralarga boy tarzda mazmunli o‘tdi. Tegishli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.