Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi daromadini oshirish, bandligini ta’minlashda tijorat banklari xodimlarining o‘rni nihoyatda muhim.
Ana shuni inobatga olgan holda AT “Xalq banki” Forish tumani filiali xodimlari muntazam ravishda mahallalarda bo‘lishib, tadbirkorlar va aholi bilan muloqot qilishmoqda.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, oilalar daromadini oshirish uchun tomorqadan foydalanish, tadbirkorlar uchun ajratilayotgan kreditlar va kredit mablag‘larini maqsadli foydalanish yuzasidan xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan muloqotlar qilishmoqda.
Bank xodimlarining bu galgi aholi bilan muloqoti tumanning 1-sektor hududidagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
“Do‘stlik” mahallasi Forish tumanining eng chekka va uzoq mahallasi hisoblanadi. Mahallada bank xodimlari xonadonma-xonadon yurish orqali tadbirkorlar, aholi bilan muloqot qilishdi.
Aholi daromadini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, bu borada tijorat banklari tomonidan aholiga kreditlar ajratilishi yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berishdi. Mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar muammo, taklif va istaklari o‘rganildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.