Tomorqa – daromad manbai! Har bir xonadon o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalansa, bu nafaqat qo‘shimcha daromad, balki oila a’zolarining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan ayni kunlarda Forish tumanining barcha hududlarida aholi tomorqasidan unumli va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar qizg‘in olib borilmoqda.
Jumladan, tumanning eng uzoq va chekka mahallasi hisoblangan 4-sektor hududidagi “Darvoza” mahallasida “mahalla yettiligi” hamda mahallaga biriktirilgan vakillar xonadonma-xonadon yurib, aholini tomorqaning har bir qarichidan unumli foydalanish, chorva, parranda boqish, dehqonchilik mahsulotlari, gul va ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad dehqon bozorlarini arzon va sifatli, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishga munosib hissa qo‘shish, aholi daromad manbalari va yashash tarzini oshirishdir.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.