Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” departamentiga qarashli Forish tumanidagi “Nurota” davlat qo‘riqxonasida yo‘qolib borayotgan turli o‘simliklar dunyosi ham muhofaza qilinmoqda.
Bugungi kunda “Nurota” davlat qo‘riqxonasida 848 turdagi turli o‘simliklar muhofaza qilinmoqda. Bu yil yana 1 ta yangi tur o‘simlik qo‘shildi.
Bahor kelishi bilan barcha turdagi o‘simliklar gulga kirib, ajoyib takrorlanmas manzara kashf etmoqda. Bu manzara har qanday kishini o‘ziga tortib, rom etadi.
Ayniqsa, “Nurota” davlat qo‘riqxonasida qip-qizil gullayotgan yovvoyi lolani ko‘rib ko‘zingiz quvonadi. Ayni kunda qo‘riqxona hududida 5 turdagi lolalar muhofaza qilinmoqda. Ushbu tur lolalarning 4 tasi O‘zbekiston “qizil kitobi”ga kiritilgan.
Bugungi kunda “Nurota” davlat qo‘riqxonasi xodimlari qo‘riqxona hududida o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bilan birga ko‘klamgi biotexnik tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.