Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadli mehnatga jalb qilish bo‘yicha joylarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, bugun Forish tuman hokimligi majlislar zalida "Mikrokreditbank" raisi o‘rinbosari Ibrohim Mamadjanov, tuman hokimi Ikrom Matiyev va tijorat banklari mas’ul xodimlari, tegishli tashkilotlar vakillarining tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
35 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda muammo va takliflar o‘rganilib, hal etish choralari belgilab olindi.
Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bank mijozlari faoliyatlarini rivojlantirish, ko‘proq ish o‘rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish borasida ham fikr yuritildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.