Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishda sustkashlik bo‘layotgani ta’kidlanib mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilgan edi.
Forish tumanida Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarga mas’ullar biriktirilib “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni yanada jonlantirish vazifasi qo‘yildi.
Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Forish tuman boʻlimi boshligʻi Shavkat Islomov va “Nuroniy” jamgʻarmasi Forish tuman boʻlimi masʼul xodimi Sharof Õngalov tumandagi “Nurak”, “Osmonsoy”, “Oqtepa”, “Sayyod” mahallalarida bo‘lishib, mahallalardagi aholi xonadonlarida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, daraxt va gul qo‘chatlari o‘tqazish, atrofni obodonloshtirish yuzasidan ular o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.