Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida joylashgan 11-umumta’lim maktabida sportning sambo turi bo‘yicha tuman sport maktabi murabbiyi Ortiqboy Rasulov mashg‘ulot olib boradi. Maktab sportchilari tuman, viloyat va respublika sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni olib qaytishmoqda.
Yaqinda Xorazm viloyatida sportning sambo turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada 11-umumta’lim maktabining 3 nafar o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Musobaqada 11-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Gulsevar Nurqobilova 59 kg. vaznda ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallab qaytdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.