O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.
Yangi tahrirdagi konstitutsiyada konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar doirasi kengaytirildi.
Xususan, konstitutsiyaning 47-moddasida, Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga egaligi, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan mustahkamlandi.
Bu esa o‘z navbatida, inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan kafolatlanganlik darajasini yangi bosqichga olib chiqdi.
S. SODIQOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi.