Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasi tumanning eng chekka va uzoq mahallasi bo‘lib, sektor rahbariyati tomonidan mahallada vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan band qilish, ular daromadini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Garasha” mahallasida yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Forish tuman prokuraturasi hamda tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan birgalikda “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu mehnat yarmarkasida tashkilot va muassasalar, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan fermerlar, kichik biznes sub’ektlari o‘zlaridagi mavjud ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida bir qancha fuqarolar mavjud ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarga kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.