Forish tumanidagi barcha mahallalarda aholi muammolarini o‘rganib hal etish maqsadida tuman hokimi, sektor rahbarlari va tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazib borilmoqda.
Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan Amir Temur nomli 1-umumta’lim maktabida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi va aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish yo‘llari izlandi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, “Bog‘don” mahallasining Amir Temur nomli, Bog‘don ko‘chalarida, “Forish dehqon bozori” darvozasi atrofida avtomashinalarni tartibga solish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.