Forish tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori, podpolkovnik Sherzod Tilovqobilov fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘lida matonat bilan xizmat burchini bajaryotgani uchun “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov podpolkovnik Sherzod Tilovqobilovga ko‘krak nishonini topshirar ekan uning kelgusi xizmat faoliyatiga omad tiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.