Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Evrest Jo‘raqulov mahallaning o‘rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi xizmatlari uchun “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
“Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni Evrest Jo‘raqulovga 22-mart kuni “Mahalla tizimi xodimlari kuni”da topshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.