Forish tumanidagi “Istiqlol” mahallasi tumanning eng uzoq mahallasi bo‘lib, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh.
16-18 mart kunlari “Istiqlol” mahallasida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari tashkil etildi.
Mahalla hududidagi Kindiboy, Kustaxi, Ko‘kdala, Cho‘lobod qishloqlarida umumxalq xayriya hashari uyushtirildi. Atrof-muhit tozalanib, turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
“Istiqlol” mahallasi mutasaddilari va faollari tomonidan mahallaning Kustaxi qishlog‘ida yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan qaramog‘ida nogiron farzandi bor Kulsin Nurbekova xonadonida ta’mirlash, obodonlashtirish hashari tashkil etildi.
Hashar davomida tomorqaga ishlov berildi, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, turli mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.