O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 5-fevral kuni ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida Forish tumani 3-sektor hududidagi Oybek nomli mahallada joylashgan 33-umumta’lim maktabida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, umumta’lim maktabi ma’muriyati hamkorligida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ota-onalar yig‘ilishida maktab va ta’limdagi islohotlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar, maktabda tarbiyaviy ishlarni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, “maktab – oila – mahalla” hamkorligini mustahkamlash, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda turli harbiy vatanparvarlik tadbirlarini kuchaytirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish borasidagi vazifalar haqida batafsil fikr almashildi.
Tadbirda “maktab – oila – mahalla” hamkorligini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.