Forish tumani favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tumanning 2-sektor hududidagi mahallalarda bo‘lishib, yoshlar bilan turli vatanparvarlik tadbirlari tashkil etib kelishmoqda.
Tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, kapitan Akmal Xudoyqulov tumanning 2-sektor hududidagi Musoqul Orolov nomli mahallada joylashgan 70-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “Qutqaruvchilik – sharafli kasb”, “Mard, jasur va sadoqatli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash maktabdan boshlanadi”, “Mening armiyam – mening faxrim”, “Vatanga muhabbat”, “Vatanni himoya qilish sharafli burch”, “Vatan ona kabi muqaddasdir” mavzularida suhbatlar tashkil etdi.
Shuningdek, qutqaruvchilik kasbini egallashga oid hamda favqulotda vaziyatlar sodir bo‘lganda qanday harakatlanish lozimligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish va yo‘riqnomalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.