Forish tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi “Dil ifori” tantanalar majmuasida xotin-qizlar uchun bayram dasturi yozildi.
Tadbirda tuman hokimi Ikrom Matiyev ishtirok etib, yana bir bor xotin-qizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutladi va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida tuman madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan bahorni, ayollarni, sevgi va sadoqatni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiq va raqslari tadbir ishtirokchilari qalbiga xush kayfiyat baxsh etdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.