Forish tumanida ko‘klam kirishi bilan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, tumanning 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahalla hududidagi Pastko‘cha qishlog‘ida yangidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar massividagi ichki yo‘lni kengaytirish qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari boshlab yuborildi.Ichki yo‘lni ta’mirlash ishlarini tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va texnika vositalari tomonidan hashar yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.