Forish tumani soliq inspeksiyasi boshlig`i, 4-sektor rahbari Sanjar Xafizov “Qizilqum” mahalla fuqarolar yig‘ini ma'muriy binosida aholi muammolarini o`rganish maqsadida ommaviy sayyor qabul o`tkazdi.
Sektor rahbari ommaviy sayyor qabul avvalida mamlakatimizda aholi muammolarini mahallada hal etish bo`yicha mahalla yettiligi tizimi tashkil etilganini aytib o`tdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolardan 6 ta muammoli masalalar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlarning 3 tasi sektor rahbari tomonidan joyida tushuntirish berish orqali hal etilgan bo`lsa, qolgan 3 ta murojaatlarni ijobiy hal etish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tuman tashkilotlariga yo`naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.