Yurtimizda vijdon erkinligini ta’minlash, xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, o‘sib kelayotgan avlodni azaliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi diniy-ma’rifiy islohotlar, shubhasiz, o‘tmish ajdodlarning boy ma’naviy merosini yanada chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.
Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasida joylashgan 80-ixtisoslashtirilgan maktabda “Ajdodlar merosining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan 80-ixtisoslashtirilgan makatb direktorining ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Sayitqosimov allomalarimizning ilmiy va diniy merosini keng o‘rganish yoshlarni barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda xalqimizning ilmiy-tarixiy merosini chuqur o‘rganish va o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularda buyuk an’analarga nisbatan hurmat tuyg‘usini uyg‘otishga ko‘maklashish ustuvor maqsadlardan sanalishi ta’kidlanganidi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.